GIFmi yoki JIF?
Ingliz
tilini o’rganivchilar uchun ingliz harflarining talaffuzi aksar holatlarda
qiyinchilik tug’diradi va natijada bu tushunmovchilik yoki
anglashilmovchillikka olib keladi. Ayrim holatlarda ingliz tilini o’rganmayman
degan o’rganuvchilarni ham e’tirozlarini kop va xo’p eshitganman. Mavzudan
chalg’imayda, sarlavha haqida bir qiziq
holatni bayon qilishga qaror berdim.
Ayrim
dasturchi do’stlarim, inglzi tilini o’rganayotgan o’quvchilarim GIFmi yoki JIFmi
deb bahslashganlarini ko’pguvohi bo’lganman. Ochig’ini aytaman, bu bahsga
birinchi marta duch kelgandim. Qaysi tarafga yon bosishimni o’zim ham hali
bilmayman. Internetni titkiladimu….. Aslida “Gifchilar ham, Jifchilar ham” to’g’ri
ekanligi o’zimni hayratga solish bilan birgalikda, bahslashayotgan guruhlarga 1
ochkoni bo’lishib olorasizlar deya yengiltakkina hazil yubordim. O’zimni ham ko’nglim
to’lmadi, aslida bu javobdan.
Ingliz tili
talaffuz qoidasiga ko’ra, “g” harfi “a, o, u” harflari bilan kelsa, odatda
quyidagicha o’qilishi aytiladi:
Gave [geiv]
– geyv (https://wooordhunt.ru/word/gave)
God [ɡɒd] – god amerika lahjasida “ga’d” (https://wooordhunt.ru/word/god)
Good [gu:d]
– gud (https://wooordhunt.ru/word/good)
Gun [ɡʌn] – gan (https://wooordhunt.ru/word/gun)
Agarda “g”
harfi “e, i, y” harflari bilan kelsa, “dʒ” – o’zbek tilidagi “j” tovushini
berishi kerakligi aytiladi. Masalan:
Gene [dʒiːn] - jin
Gingerly [dʒɪndʒəlɪ] –jinjeli (https://wooordhunt.ru/word/gingerly)
Gym [dʒɪm] – jim
Agar shu
qoidadan kelib chiqadigan bo’lsak, “GIF” – [JIF] tarzida o’qilishi kerakku.
Ammo internet foydalanuvchilarining aksari o’z emas ko’p emas 75% ga yaqini bu
so’zni “GIF” tarzida talaffuz qilishar ekan.
Nega?
1987 yilda
amerikalik CompuSeve kompaniyasida ishlaydigan Stiv Uilxayt internetda 8 bitli
tasvirlarni o’qish imkonini beradigan GIF standartini yaratadi. Ana shu davrdan
boshlab “gif”mi yoki “jif”mi deb o’qiydiganlar orasida hozirgi kunga qadar
bahslarga sabab boladigan masala ko’ndalang bo’ladi. “G” bilan o’qilishini
yoqlaydiganlar “GIF” bu “Graphics Interchange
Format”ning qisqartmasi ekanligi urg’u berib, mazkur so’zni “GIF” deb o’qish
kerakligini asoslaydilar. Aslida ham “Graphics”ni “Jrafiks” deb o’qish notog’rida.
Mantiq shundaki , aksarlar qisqartmalarda “G” o’z holicha o’qilishi kerak degan
qoidani asos qilib olishganida edi. Ammo 2013 yilda Stiv Uilxayt “Webby award”ga
nomzodi ko’rsatilganda, barcha bahslarga nuqta qo’yadi. Sahnaga chiqqach, Stiv “GIF”
deb emas, “JIF” deb o’qish maqsadga muvoqfiqligini aytadi. Bu Stivning
bahslarga nuqta qo’yishiga asos bo’lgan o’ziga xos yondashuvi edi. (https://youtu.be/CBtKxsuGvko) Stiv bu
yerda “G” harfidan keyin “I” kelsa, harf “J” deb o’qilishini ham istisni
qilmagandi.
1xbet korean - Rp.BET for South Korea, 100-1xbet wn
ОтветитьУдалить1xbet korean. 1xbet korean. 1xbet korean. 1xbet 1xbet korean. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet. 1xbet.